Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2023-yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq, moliyaviy va soliq hisobotlarini taqdim etish boʻyicha quyidagilarni maʼlum qildi.
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, xoʻjalik yurituvchi subyektlarining buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishga doir qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari asosida amalga oshiriladi, shuningdek, xalqaro standartlar asosida tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida (MHXS) belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi 4611-sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda – tashkilotlar) 2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etishi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi, qonun hujjatlarida MHXSga oʻtishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno ekanligi belgilangan. Shuningdek, moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tashkilotlar buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) boʻyicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.
Shuningdek, moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tashkilotlar buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) boʻyicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.
Tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olingan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matni (09.12.2022-yil, r/r. 3400) asosida buxgalteriya hisobini tashkil etadi va moliyaviy hisobotlarni tayyorlaydi.
1-sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qoʻllash” MHXSga (09.12.2022-yil, r/r.3400, 27-ilova) muvofiq tashkilot MHXS boʻyicha moliyaviy holat toʻgʻrisidagi kirish hisobotini MHXSga oʻtish sanasiga tayyorlashi lozim va bu sana MHXSga muvofiq hisob yuritishning boshlangʻich nuqtasi hisoblanadi. Shuningdek, MHXSga oʻtish sanasi tashkilot oʻzining MHXS boʻyicha birinchi moliyaviy hisobotida MHXSga muvofiq toʻliq qiyoslanuvchan maʼlumotlarni taqdim qiladigan eng oldingi davrning boshi hisoblanadi.
MHXS asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotlarning toʻliq toʻplami 1-son “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” BHXSda (09.12.2022-yil, r/r. 3400, 2-ilova) belgilangan boʻlib, shuningdek, mazkur standartda moliyaviy hisobotni taqdim etishga nisbatan umumiy talablar belgilangan, unga koʻra, tashkilot moliyaviy hisobotning (jumladan, qiyosiy maʼlumotni) toʻliq toʻplamini kamida yillik asosda, minimal qiyosiy maʼlumot sifatida barcha moliyaviy hisobotlardan 2 tadan taqdim etishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2023-yil yakuni boʻyicha MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlaydigan tashkilotlarning MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot shakllari va tuzilishi 1-son “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” BHXS (09.12.2022-yil, r/r. 3400, 2-ilova) asosida, ularning soliq hisoboti shakllari esa “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga oʻtgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha soliq hisoboti shakllari” (20.10.2020-yil, r/r. 3221-1) yillik asosida tayyorlanadi va taqdim etish sanasi 2024 -yilning 1-iyunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Организации, впервые применяющие МСФО, у которых дата перехода на МСФО определена 1 января 2024 года, в том числе юридические лица, отнесенные с 1 октября 2023 года к крупным налогоплательщикам, предоставляют:
– по итогам 2023 года – финансовую отчетность на основе НСБУ;
– по итогам 2025 года – первый полный комплект финансовой отчетности по МСФО, включающий сравнительную информацию годовой финансовой
отчетности по итогам 2024 года.
Ushbu tashkilotlarning solishtirma moliyaviy hisobotining majburiy auditorlik tekshiruvi auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik va Auditning xalqaro standartlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.

